"Tottenxem" MYU futbolchisi bo'yicha taklif tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018
"Manchester Yunayted" forvardi Antoni Marsyal "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

"Tottenxem" 130 mln. evrolik transfer byudjetining katta qismini Marsyalga sarflashga tayyor.

3 yil avval MYU 38 mln. evro evaziga "Monako"dan fransiyalikni xarid qilgan edi. Bonuslar tufayli ushbu narx 58 mln. evroga aylandi.

23 yoshli fransiyalik hujumchi so'nggi mavsum "Manchester Yunayted" safida 30ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

Forvard JCH-2018 uchun Fransiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail