"Tottenxem" "Milan" yarim himoyachisi Kesse uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
15 sen 2021, 13:17
"Tottenxem" "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessega qiziqmoqda.

"Shporlar" 24 yoshli ivuarlik futbolchiga yiliga 8 million evro miqdorida maosh taklif qilishga tayyor.

Kesse 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 1ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 55 mln evroga baholamoqda.

O'yinchining "rossonerilar" bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.





AlisherMuallif
Manba: Calciomercato