"Tottenxem" Meddisonni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
16 iyul 2022
"Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddison yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

"Tottenxem" 25 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 50 mln evroga baholamoqda.

Meddison o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports