"Tottenxem" "Lester" xavbekini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024
"Tulkilar" Kirnan Dyusberi-Xollni sotishga majbur bo'lishi mumkin.

Londonning "Tottenxem" klubi "Lester" yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xollni safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar berdi "TalkSPORT".

Xabar qilinishicha, "tulkilar" moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida 25 yoshli Dyusberi-Xollni sotishga majbur bo'lishi mumkin. "Brayton" ham qiziqish bildirayotgan yarim himoyachining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

 Kirnan Dyusberi-Xoll joriy mavsum "Lester" tarkibida 43 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT