"Tottenxem" futbolchisi "Ayaks"ga o'tishga rozi

Alisher
3 iyun 2022
"Tottenxem" hujumchisi Steven Bergveyn faoliyatini "Ayaks"da davom ettirishi mumkin.

Amstyerdam klubi rahbariyati "Tottenxem"ga niderlandiyalik vinger borasida rasmiy taklif berdi. 

Futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirishga tayyor. O'yinchining "Ayaks" bilan besh yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

24 yoshli Bergveyn o'tgan mavsum "shporlar" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf