"Tottenxem" Eriksenning golini Keynga yozishni so'radi

Tolibjon Qosimov
10 apr 2018
"Tottenxem" klubi APL rahbariyatiga "Stok Siti"ga qarshi o'yin (2:1)dagi ikkinchi golni yarim himoyachi Kristian Eriksendan hujumchi Xarri Keynga yozishni so'rab murojaat qildi.

Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Forvard to'p daniyalikning zarbasidan so'ng uning elkasiga tegib o'tganini ma'lum qilgan. Uchrashuv videotasvirlari buni tasdiqlagan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda APL to'purarlari poygasida Keyn 24ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi pog'onadagi Muhammad Salah hisobida 29ta gol bor.


Angliya chempionati turnir jadvali >>>>> APL


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports