Tottenxem Dempsini sotmoqchi

"Tottenxem" yarim himoyachisi Klint Dempsi transferga qo'yildi, deya xabar bermoqda The Times.
AQSH terma jamaosi a'zosi Dempsi xizmatlaridan "Totttenxem" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash foydalanmoqchi emas va futbolchi bilan xayrlashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachini "Tottenxem" avvalgi mavsum boshida "Fulxem"dan 7,3 million evro evaziga sotib olgan va uch yillik shartnoma tuzgandi.

Mavsum davomida Dempsi 43 o'yinda maydonga tushib 12 golga mualliflik qilgan.

Manba: sports.ru