"Tottenxem" Beylning ijara bitimini uzaytirishi mumkin

Alisher
10 mar 2021, 08:38
"Shporlar" uelslik vinger bilan hamkorlikni davom ettirishmoqchi.

Garet Beyl borasida Madridning "Real" klubi bilan tuzilgan bitimda shartnomani xarid qilish yoki uni oldingi shartlar evaziga bir yilga uzaytirish borasida band bor.

Londonliklarning joriy mavsum so'nggida shu ikki banddan biridan foydalanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Beylni "Real"dan o'tgan yozda ijaraga olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football.London