"Tottenxem" "Barselona"ga o'z o'yinchisining narxini ma'lum qildi

Alisher
28 mar 2020, 11:50
"Tottenxem" yarim himoyachi Tangi Ndombele bilan xayrlashishga tayyor.

"Shporlar" fransiyalik futbolchi uchun kamida 65 million evroni qo'lga kiritishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ndombele uchun bosh davogar Kataloniyaning "Barselona" klubi hisoblanadi.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Arturo Vidal va Artur Melolarning kyetishi mumkinligi sabab sifatli xavbek qidirishmoqda.

"Tottenxem" 2019 yilning iyulida Ndombele uchun "Lion"ga 60 million evro to'lagan edi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com