"Tottenxem", "Aston Villa" va "Everton" "Stok" o'yinchisi Suttarga qiziqmoqda

Alisher
26 okt 2021
"Stok" himoyachisi Garri Suttar faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

23 yoshli avstraliyalik futbolchi uchun "Tottenxem", "Aston Villa" va "Everton" klublari davogarlik qilmoqda.

Suttar joriy mavsum Chempionship doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushdi.

U shuningdek Angliya liga Kubogida bitta gol urgan. Transfermarkt o'yinchini 4 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider