"Tottenxem" Antoni uchun kurashda MYU bilan raqobat tashkil qiladi

Alisher
18 iyun 2022
Londonning "Tottenxem" klubi Amsterdamning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Antoni uchun "Manchester Yunayted" bilan raqobat tashkil qilmoqchi.

Bu haqda jurnalist Migel Dileyni xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" hozircha braziliyalikning transferi uchun bosh favorit hisoblanadi. "Tottenxem" esa umidni boy bermay, iqtidorli yarim himoyachini ilib ketmoqchi.

Antonining o'zi yozda "Ayaks"dan ketishini istisno etmagandi. Futbolchi "Manchester Yunayted" yangi murabbiyi Erik ten Xagning bosh transfer maqsadlaridan biridir.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MiguelDelaney