

Kiberfutbol bo'yicha Rossiyaning amaldagi chempioni Andrey Gurev ("Timon") futbol bo'yicha Rossiyaning amaldagi chempioni SSKA kiberfutbolchisiga aylandi.
Bu haqda Moskva klubining rasmiy sayti e'lon qildi.
Kiberfutbolchini tanishritirish marosimi bugun SSKA klub do'konida bo'lib o'tdi. Klub bosh direktori Roman Babaev Andreyga 7 raqami va Timon yozuvi tushirilgan SSKA futbolkasini topshirdi.

Rossiya chempioni futbolchisi Fyodor Chalov Timon bilan FIFA17da kuch sinashishdi.

Tanishtiruv marosimida Rainbo bilan hamkorlikda maxsus dizaynga ega PlayStation joystiklari namoyish etildi.

Eslatib o'tamiz, Andrey Gurev 2016 yil Toshkentda o'tkazilgan kiberfutbol bo'yicha MDH-2016 turnirida finalgacha yetib borgan edi.
FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi


Shu bilan birga Gurev Louson Kubogida 10 000 evro egasiga aylangan.



