Toshkentda OFKning C licenziyasi uchun o'quv kurslari boshlandi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2014
4 avgust kuni Toshkentda S toifadagi licenziya uchun Toshkent shahri va viloyatida faoliyat olib boruvchi murabbiylar uchun o'quv kurslari boshlandi. Mazkur kurslarga OFK instruktori Islom Ahmedov intsruktorlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan biroz avvalroq Farg'onada OFKning S sertifikati dasturi buyicha uning futzaldagi muqobili hisoblangan  Level-1 licenziyasi uchun kurslar tashkil etilgan bo'lib, unda Farg'ona va Andijondan tashrif buyurgan  murabbiylar ishtirok etgan edilar.

Takidlash lozim, kurs yakunida murabbiylar yakuniy imtihonlardan o'tadilar va mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan murabbiylarga OFKning maxsus sertifikatlari topshiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com