Toshkentda "Level I" licenziyasi uchun murabbiylik kursi start oldi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2021
Toshkent shahrida 11 noyabr kuni O'FAning “Level I” licenziyasi uchun murabbiylik kurslariga start berildi.

Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Farrux Zokirov bajarmoqda. Unga Rustam Umarov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Rustam Tagaev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 13 nafar murabbiy qatnashmoqda va mazkur o'quv kursi 6 kun davom etadi.

O'quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg'ulotlar o'rgatiladi. Ushbu o'quv kursi 16 noyabrgacha qadar davom etadi. Imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar O'FAning murabbiylik bo'yicha “Level I” licenziyasini qo'lga kiritishadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz