Toshkentda "KELAJAK LEAGUE-2017" futbol musobaqasi start oldi

Xayrulla Xoliqov
4 sen 2017
Kecha, 3 sentyabr kuni "Championat.asia" va "Best Sport Media" tomonidan 2008-2009 yillarda tug'ilgan futbolchilar uchun tashkil etilgan "KELAJAK LEAGUE-2017" futbol musobaqasi start oldi.

Ushbu musobaqa o'nta jamoa ishtirokida bo'lib o'tmoqda. "Paxtakor", "Paxtakor-B", "Junior Football-09", "Spartak-09", BO'SM-16, JFL, JFL-2009,  IBO'SM, BO'SM-2, "Lokomotiv-2009" jamoalari. 

Musobaqa nizomiga ko'ra o'yinlar har haftaning yakshanba kuni "NBU" stadionida bo'lib o'tadi. Jamoalar o'zaro 6x6 bo'lib bahs olib borishadi. Uchrashuvlarning har bir bo'limi 25 daqiqadan belgilab qo'yilgan. Kecha musobaqaning 1-tur o'yinlari o'tkazildi va unda quyidagi natijalar qayd etildi. 

Har bir bahs yakuniga etgach, tashkilotchilar tomonidan "Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari" aniqlandi.

1-tur o'yinlaridan FOTOGALEREYA

1-tur natijalari. 3 sentyabr 
Paxtakor-B  - Junior Football-09 7:1
Gollar: Arslon Rajabov (3ta), Muhammadali Jumaboev (3ta), Kamron Talatbekov - Abdurahim Muhammadaliev.    

O'yinning eng yaxshi futbolchilari:
Kamronbek Umarov ("Paxtakor-B")
Abdurahim Muhammadaliev ("Junior Football-09")


Paxtakor - Spartak-09 6:1
Gollar: Abdualimov Shuhrat, Botir Kasimov, Behruz Baxtiyorov, Azamat Turdiboev, No'monjon Soliev (2ta) - Ulug'bek Xayrullaev. 

O'yinning eng yaxshi futbolchilari:
No'monjon Soliev ("Paxtakor")
Ulug'bek Xayrullaev ("Spartak")


BO'SM-16 - "JFL-B" 2:3
Gollar: Abduvahob G'aniev, Shohruz Axmatov - Mirsaid Mirmaqsudov, Islom Rixsiboev, Ilyos Mahmudov.

O'yinning eng yaxshi futbolchilari: 
Shoxruz Axmatov (BO'SM-16)
Abdulloh Xayrullaxonov ("JFL-B")


IBO'SM - BO'SM-2 -:+

O'yinning eng yaxshi futbolchilari: 
Diyorbek Yusupov ("Soccer-2008")
Bogdan Odinaev ("JFL-A")


"JFL" - "Lokomotiv-2009" 7:3

Gollar: Behruz Mahmudov (3ta), Jafar To'xtaboev (3ta), Muhammadamin Mahmudov - Ravshanbekov Shahzod, Obidov Behruz, Japparov Timur. 

O'yinning eng yaxshi futbolchilari: 
Behruz Mahmudov ("JFL")
Muhammadamin Yo'ldoshev ("Lokomotiv-2009")


P.S: IBO'SM jamoasi 2007 yilda tavallud topgan futbolchilar bo'lib, ular musobaqada "konkurs"dan tashqari ishtirot etmoqda. Bu jamoa ishtirokidagi natijalar inobatga olinmaydi.

1-tur o'yinlaridan FOTOGALEREYA


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia