Toshkentda 13-14 yoshli o'smirlar o'rtasidagi mini-futbol bo'yicha “Charm to'p” turniri final bosqichi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2019
Final bosqichida jami 8 ta viloyat jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Joriy yilning 24-27 avgust kunlari O'zbekiston futbol associaciyasi, Fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O'zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorligida tashkil etgan 13-14 yoshli mahalla jamoalari o'rtasidagi “Charm-to'p” ananaviy mini-futbol musobaqasining Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

Final bosqichida jami 8 ta viloyat jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishdi: Namangan, Farg'ona, Toshkent shahar, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm va Navoiy.

Bugun o'tkazilgan final o'yinida esa Namangan viloyati farg'onaliklarni mag'lubiyatga uchratib musobaqa g'olibiga aylandi.

FINAL
Namangan 3:2 Farg'ona


Sovrindorlar:

1-o'rin: Namangan
2-o'rin: Farg'ona
3-o'rin: Qashqadaryo
3-o'rin: Toshkent shahri

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz