Toshkent viloyati futbol associaciyasi rahbari o'zgardi

Mirjalol Normatov
2 avg 2019
Toshkent viloyati futbol associaciyasi rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi.

Shu yilning 19 iyul kuni Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining yig'ilishi bo'lib o'tgan. Uning kun tartibida Toshkent viloyati futbol assosciaciyasiga prezident va birinchi vice prezidentni saylash masalasi ko'rib chiqildi. Yig'ilish qatnashchilari Toshkent viloyati hokimi  Rustam Qurbonnazarovich Xolmatovni - viloyat futbol federatsiyasi prezidenti, sobiq futbolchi Asqar Jadigerovni esa birinchi vice prezident etib saylashdi.

Ayni paytda Asqar Jadigerov o'z faoliyatini boshlab yuborgan. 30 iyul kuni O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Nurafshon shahriga tashrif buyurgan va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov bilan uchrashgan. Suhbat davomida viloyat futbolining bugungi ahvoli, millionlar o'yinini yanada ommalashtirish ishlari muhokama qilingan. Kelgusi rejalar belgilab olingan. 5 avgust kuni Toshkent viloyati futbol associaciyasining konferenciyasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia