

Unda 120 nafardan ortiq esportchilar 15-17 sentyabr kunlari ICTEXPO 2015 ko'rgazmasida o'tkaziladigan milliy finalda ishtirok etishga yo'llanma olish uchun musobaqalashdilar.

Yakuniy turnir jadvali bilan bu erda tanishish mumkin.

Turnir yakuniga ko'ra birinchi o'rinni Olim Iskandarov, ikkinchi o'rinni Rustam Katabekov va uchinchi o'rinni Aziz Pataxov egallashga muyassar bo'ldilar.

Bundan tashqari, tashkilotchilar finalda ishtirok etuvchilar sonini 32 (ilgari 24 nafar ishtirokchi rejalashtirilgandi) nafargacha oshirdilar va ularga hamda FIFA o'yini bo'yicha O'zbekiston esporti rivojiga hissa qo'shgan ayrim ishtirokchilarga to'g'ridan-to'g'ri taklifnoma berdilar.




