Toshkent futboli. 1-tur natijalari yohud "Kelajak Yulduzlari"dan yoshi katta o'yinchi chiqdi!

Nadirkhuja Yuldashev
13 mar 2018
Respublikada birinchilardan bo'lib Toshkent shahar futbol federatsiyasi 7 yoshlik futbolchilar uchun ham musobaqa tashkil qildi.

Har yakshanba bo'lib o'tadigan musobaqa jami 18ta tur davom etadi. 11 mart kuni 7-12 yoshli futbolchilar o'rtasidagi musobaqa start oldi.


Mazkur musobaqalarda turnir jadvali bo'lmaydi, aniqrog'i murabbiylardan natija talab qilinmaydi. Shunga qaramay aksar jamoalar yoshi katta futbolchilarning xizmatidan foydalandilar. Hozircha 2ta jamoa aniqlandi. Bu borada klub murabbiylari bilan tushuntirish ishi olib borildi. Musobaqa turnir jadvali shaklida bo'lmaganligi uchun birinchi safar ogohlantirish bilan cheklanildi. 



18 mart kuni bo'lib o'tadigan tur o'yinlarida shunday holat qaytarilsa klub musobaqadan chetlatiladi va murabbiyning licenziyasi noma'lum muddatga to'xtatiladi.


Demak, "Kelajak Yulduzlari" ligasi natijalari:

2006 yil. "Chig'atoy" Stadioni.
"Spartak" - "Dinamo" 3:0 ("Dinamo" uchrashuvga kelmadi. Texnik g'alaba)
"Paxtakor" - "Mega Sport" 4:1
"Start" - BO'SM30 1:6
"Lokomotiv" - "Olimpik" 14:0
Akademiya - "Toshkent Siti" 2:2
"Bunyodkor" - "Chig'atoy" 4:1

2007 yil. O'FA Stadioni.
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:5
"Spartak" - "Bunyodkor" 0:2
"Chelano" - "Start" 6:0
"Odil Junior" - "Toshkent Siti" 2:0
ROZSK - "Mega Sport" 5:1
"Olimpik" - "Eden Sport" 2:3
BO'SM30 - Akademiya 1:1

2008 yil. O'FA Stadioni.
Akademiya - "Paxtakor" 1:3
IBO'SM - "Odil Junior" 0:5
"Bunyodkor" - "Start"" 10:0
"Lokomotiv" - "Mega Sport" 0:0
"Spartak" - "Chig'atoy" 3:2
BO'SM30 - Uch Tepa 0:1
Olmazor - "Olimpik" 0:1

2009 yil. O'FA Stadioni.
"Mega Sport" - "Lokomotiv" 0:14
"Spartak" - "Chig'atoy" 7:1
"Bunyodkor" - BO'SM30 6:2
"Start"" - "Odil Junior" 1:7
"Paxtakor" - "Leon" 3:0
“Olmazor" - Uch Tepa 1:0

P.S: 2010 yilda tavallud topgan futbolchilar 18 mart kuni musobaqada o'z ishtiroklarini boshlaydilar.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: Тошкент шаҳар ФФ