Tojikiston klubi prezidenti yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qildi

Eldor Akmurzayev
5 may 2020
Bu haqda, Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Istiqlol” (Dushanbe) rahbari hamda TFF ijroiya qo'mitasi a'zosi Shoxrux Saidzoda o'zining bir yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilishga qaror qilgan.

Klub prezidenti ushbu mablag'ni respublikada pandemiyaning oldini olish uchun tashkil etilgan fond hisob raqamiga o'tkazib berdi.

Avvalroq, koronavirus tufayli Tojikistonda ommaviy tadbirlar va futbol musobaqalari to'xtatilgani haqda xabar bergandik. 

5 may holatiga ko'ra, mamlakatda 293 nafar fuqoroda COVID-19 infekciyasi aniqlandi. Ulardan 5 nafari esa olamdan ko'z yumdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fft.tj