To'rtta klub Ikardini A Seriyaga qaytarishga tayyor

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023
Argentinalik futbolchiga Italiyada talab katta.

"Roma", "Lacio", "Milan" va "Napoli" klublari PSJ hujumchisi Mauro Ikardiga qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi avval A Seriyada "Inter" va "Sampdoriya" tarkibida harakat qilgan. 30 yoshli hujumchi hozir ijara asosida "Galatasaroy"da o'ynamoqda. U avvalroq PSJga qaytishni istamasligini bildirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes