

"Torino" klubi vakillari "Roma" direktori Tiagu Pintu bilan Eldor Shomurodovning transferi borasida uchrashdi. Qayd etilishicha, turinliklar Shomurodovni ijaraga olmoqchi, "bo'rilar" esa hujumchini sotib yubormoqchi.
Italiya nashrlarining xabar berishicha, Shomurodov "Kremoneze" taklifini rad etgan, u o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "Torino" taklifini qabul qilishi mumkin.



