“Torino” Shomurodov bilan birga “Roma”ning yana bir a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2022
Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Torino” “Roma”ning ikki a'zosini qo'lga kiritmoqchi. Ulardan biri hujumchi Eldor Shomurodov, yana biri esa 22 yoshli himoyachi Marash Kumbulla. Shomurodov ham, Kumbulla ham Joze Mourinyu jamoasining asosiy tarkib a'zolari hisoblanmaydi va shu tufayli ular yanvarda rimliklarni tark etishi kutilmoqda.

Avvalroq, “Torino” Eldorni qo'lga kiritish uchun Sasha Lukichni “Roma”ga almashtirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira