"Torino" PSJ posboni Sirigu xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
26 apr 2017, 21:14
Ijara asosida "Osasuna" sharafini himoya qilayotgan PSJ posboni Salvatore Sirigu "Torino" qiziqishlari doirasida.

Turinliklar yozda ijarasi tugaydigan Jo Xart o'rniga darvozabon qidirmoqda.

Transfer bozorida 30 yoshli Sirigu 7 mln. evroga baholanmoqda va "Torino" rahbariyati tajribali posbonni qo'lga kiritish uchun ko'rsatilgan mablag'ni ajratishga tayyor. "Palermo" tarbiyalanuvchisining shartnomasi 2018 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport