Italiya futboli afsonasi uzoq davom etgan kasallikdan so'ng vafot etdi

Khoja
19 sen 2024
Kecha 1990 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan italiyalik Salvatore Skillachi vafot etdi.

JCH-1990ning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan italiyalik sobiq futbolchi bir necha yildan buyon yo'g'on ichak saratoni bilan og'rib, kasallik bilan kurashayotgandi. U 59 yoshda vafot etdi. 

Eslatib o'tamiz, Skillachi 1997 yilda faoliyatini yakunlagandi. U faoliyati davomida Yuventus va Inter singari klublar sharafini himoya qilib, 1990 yilgi turnirda Italiya milliy jamoasi safida bronza medaliga ega chiqqandi. Salvatore 6ta gol muallifiga aylangandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com