TOP klublar "Milan"ning 15 yashar bolasiga qiziqmoqda

Nozimov Nig'monxo'ja
27 noya 2023, 09:54
"Milan" hujumchisi Franchesko Kamardaga bir qator TOP jamoalar qiziqish bildirmoqda.

2008 yilda tug'ilgan bolakayga Manchester shahrining ikki grandi, "Arsenal", "Borussiya D" kabi jamoalardan qiziqish bo'lmoqda. Biroq italiyalik futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirishga va jamoa bilan ilk professional shartnoma tuzishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Kamarde "Fiorentina"ga qarshi maydonga tushib, A Seriya tarixidagi eng yosh futbolchi bo'ldi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com