TOP-10da faqat PSJ vakillari. Liga 1 chempionatining eng ko'p oylik oladigan futbolchilar ro'yxati ma'lum

Khoja
22 mar 2024
LʼEquipe nashri Liga 1 jamoalarida o'ynayotgan futbolchilar orasida eng ko'p pul ishlab olayotganlar reytingini tuzib chiqdi.

Shubhasiz birinchi o'rin PSJ hujumchisi Kilian Mbappega tegishli. Hujumchining oyligi taxminan 6 million evroga teng.

Qizig'i, TOP-10dagi barcha futbolchilar PSJ jamoasi a'zolari hisoblanadi.

Top-10:

1. Kilian Mbappe (PSJ) – 6 mln evro;

2-3. Usmon Dembele (PSJ)  – 1,12 mln evro;

2-3. Markinos (PSJ) – 1,12 mln evro;

4-5. Lyuka Ernandes (PSJ) – 1,11 mln evro;

4-5. Milan Shkrinyar (PSJ) – 1,11 mln evro;

6. Janluiji Donnarumma (PSJ) – 849 500 evro;

7. Marko Asensio (PSJ) – 831 000 evro;

8. Randal Kolo-Muani (PSJ) – 750 000 evro;

9. Ashraf Hakimi (PSJ) – 738 600 evro;

10. Nordi Mukiele (PSJ) – 700 000 evro.


KhojaMuallif
Manba: championat.com