Toni Pulis: "Liverpul"da chempionlikka erishish uchun ajoyib imkoniyat bor"

Tolibjon Qosimov
22 okt 2016, 12:47
"Vest Bromvich" bosh murabbiyi Toni Pulis "Liverpul"ning hujum chizig'iga yuqori baho berdi.
"Liverpul"da sovrin yutish uchun ajoyib imkoniyat bor, chunki ular evrokuboklar bilan band emas. Ular oxirgi marta mana shunday kuchli tarkibga ega bo'la turib evrokuboklarda ishtirok etishmaganda, Brendon Rojers boshqaruvida birinchi pog'onaga birozgina eta olishmagan edi. Hozir "Liverpul"da fantastik o'yinchilar bor. Ularning hujumkor beshligi juda xavfli, ularning har biri o'yin taqdirini yakka tarzda hal qilishi mumkin", - deya Pulisning so'zlarini keltirmoqda "goal.com".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com