Tondela – Sporting. Bas Dost faoliyatidagi ikkinchi pokerini rasmiylashtirdi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2017
Sporting hujumchisi Bas Dost Portugaliya chempionati 25-turida Tondelaga qarshi bahsda (4:1) to'rtta gol urdi.

27 yoshli futbolchi ikkita golni penaltidan urdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi pokeri bo'ldi. Birinchi marta u Volfsburg safida pokerga erishgandi.

Portugaliya ligasida Dost 22ta o'yinda 22ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com