Tomas Tuxel: Manchester Yunaytedni 4:1 hisobida yutganimizdan xursandman
Narzulla Saydullayev
23 iyul 2016, 08:31
Borussiya bosh murabbiyi Tomas Tuxel International Champions Cup doirasidagi Manchester Yunaytedga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Natijadan to'la qoniqdim. Bu shunchaki mavsumoldi o'yini, hali uzoq yo'l bosib o'tishimiz kerak.
Biz kechagina Shanxayga keldik. Umid qilamanki, yaxshi o'ynashda davom etamiz, – deydi Tuxel.