Tomas Tuxel Angliya klubi bilan muzokara olib bormoqda

Khoja
18 may 2024
Yozda Bavariya bilan xayrlashadigan Tomas Tuxel faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Unga Manchester Yunayted qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel kecha mavsum yakunidan so'ng Bavariyani tark etishini ma'lum qilgandi. Nemis murabbiyi avvalroq Angliyaning boshqa bir jamoasi Chelsida ishlagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com