

"Anchelotti bilan "Bavariya"da birga ishlaganman. "Real" biz uchun namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. "Real" futbolchilari doim ham chiroyli o'yin namoyish qilishmaydi. Biroq ular umuman taslim ham bo'lishmaydi, doimo o'zlariga ishonishadi. Mana bizga qanday hislat kerak", - dedi Myuller.
Anchelotti 2016-2017 yilgi mavsumda "Bavariya"da ishlab, bir marta mamlakat chempioni va ikki marta Germaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.



