Tomas Myuller "Bavariya"da o'tkazilgan o'yinlar bo'yicha Gerd Myullerning rekordini takrorladi

Оқил Абдубарноев
6 fev 2023
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Myunxen klubida o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha mashhur hamyurti Gerd Myullerning rekordini takrorladi.

Manbaning xabariga ko'ra, bugun Tomas "Bavariya" safidagi 427-uchrashuvini o'tkazmoqda. Bu bilan u Gerd Myullerning klubdagi o'yinlar soni bo'yicha rekordini takrorladi.

Myuller yaqinda Germaniya kubogida g'alaba qozonish bo'yicha rekordchiga aylangandi. 33 yoshli nemis futbolchisi 53-g'alabasini qo'lga kiritdi - bu turnir tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich sanaladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta