

"Sportimiz tibbiyotidagi eng dolzarb muammo – jarohatdan keyin malakali reabilitaciya o'tash tizimi yo'qligi!
Hali-hanuz tayinli reabilitaciya markazi va mutaxassislar yo'qligi sabab jarohat olgan professionallar safga qaytish uchun chet ellarda klinika va mutaxassis qidirib sarson; qo'shni davlat sportchilarida ham shu muammo.
Jarohat olgan futbolchilarini Yevropadagi klinikalarga yuborishni odat qilgan tojiklarning chempion klubi "Istiqlol" bu gal boshqacha qarorga keldi. Klub o'zining asosiy tarkib futbolchisi, terma jamoa a'zosi, jarohatdan keyin jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan oyog'idagi tibbiy muammodan forig' bo'la olmayotgan Iskandar Jalilov reabilitaciyasini Toshkentda o'tkazish uchun "Lokomotiv" klubi va kaminaga iltimos bilan chiqishdi. 2 haftalik kompleks muolajalar pirovardida jarohatdan buyon odatiy yurishga qiynalayotgan Iskandar maydondagi mashg'ulotlarga tayyor holatga keldi.
Bir orzuim bor – nafaqat o'zimizning, balki bizga qo'shni barcha o'lka sportchilari faqat bizda reabilitaciya o'ta olish imkoni bo'lgan markaz yaratish", - deb yozdi u o'z sahifasida.



