Tojikiston termasi futbolchisi Zoir Jo'raboev: "Nimchorak finalda to'xtab qolish niyatimiz yo'q"

Administrator
23 yanv 2024, 08:22
Osiyo kubogi uchinchi turida Livanni mag'lub etib, nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Zoir Jo'raboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Zoir, sizni tarixiy g'alaba bilan tabriklaymiz. Barchasi avvalgi suhbatimizda tahmin qilganimizdek tugadi. O'yindan keyingi fikringiz qanday?

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuvni hujumlar bilan boshladik. Birinchi bo'limda to'p kiritdik, hisobga olishmadi. Ikkinchi bo'limda ham gol urdik, bu safar ham hisobga olinmadi. Oldinga borishda davom etdik. Gol ham o'tkazib yubordik, shundan so'ng ikkita gol urdik. Umumiy hisobda to'rtta gol urgandik, ikkitasi hisobga olindi.

- O'tkazib yuborilgan goldan keyin o'zingizni qanday his qildingiz? O'yinni saqlab qolish qiyin bo'ldimi?

- Juda qiyin bo'ldi. Biroq, hamma o'yinchilar bir birlarini qo'llab-quvvatlashdi. Ruhiyatni tushirmaslikka harakat qildik va yakunda o'z maqsadimizga yetishdik. 

- Keyingi bosqichda qanday harakat qilishni rejalashtirgansiz?

- Rejalarimiz katta. Nimchorak finalda to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Chorak, undan keyin esa yarim finalga yo'l olishga urinib ko'ramiz. O'ylashimcha, bizda yaxshi jamoa bor va biz buni uddalay olamiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia