Tojikiston terma jamoasi ustozi: "Rossiyaga qarshi imkoniyatimiz teng"
Оқил Абдубарноев
17 noya 2022, 02:00
Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrt o'z tarbiyalanuvchilarining Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Vaziyatga real qarashimiz kerak. Ertaga Tojikistondan 11 nafar va Rossiyadan 11 nafar futbolchi maydonga tushadi, imkoniyatlar esa 50 ga 50", - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak uchrashuv ertaga, 17 noyabr kuni Dushanbeda bo'lib o'tadi.