Tojikiston Prezidenti FIFA va OFK rahbarlari bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
2 may 2023
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bugun, 2 may kuni FIFA prezidenti Janni Infantino va OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifani qabul qildi.

Uchrashuvda Tojikiston, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, futbolning tojik jamiyatidagi o'rni, mamlakatda ushbu sport turining ommaviyligi, shuningdek, uni yanada rivojlantirish bo'yicha Tojikiston hukumati va futbol federatsiyasi tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Тожикистон футбол федерацияси