Tojikiston, Hindiston va Yaman U-16 Osiyo chempionatiga boradi, O'zbekiston esa yo'q

Narzulla Saydullayev
25 sen 2017
2018 yilning sentyabr oyida Malayziya mamlakatida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ishtirok etmaydi. Kecha Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yib yo'llanmadan quruq qoldi. Qizig'i bizni mag'lub etgan Saudiya Arabistoni ham qita chempionatiga chiqa olmadi.

U-16 Osiyo chempionatida qatnashadigan 16ta jamoadan 14tasi ma'lum bo'ldi. So'nggi ikki ishtirokchi so'nggi saralash guruhi yakunlangach ma'lum bo'ladi. Ushbu guruhda Janubiy Koreya, Xitoy, Myanmar va Filippin jamoalari bor.

2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga chiqqan jamoalar:
Malayziya (mezbon), Iordaniya, Tojikiston, Eron, Iroq, Yaman, KXDR, Indoneziya, Avstraliya, Yaponiya, Ummon, Hindiston, Tailand va Vetnam.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia