Tite Italiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligiga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
14 noya 2022
Italiya terma jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite fikr bildirdi.

"Italiya jamoasining Yevropa chempionatidagi g'alabasidan keyin bunday bo'lishini hech kim taxmin qilmagandi. Kechirasiz, lekin bu futbolning naqadar g'alati ekanligini yana bir bor isbotlaydi”, - dedi Tite italiyalik jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi ayni damda “Yuventus” bazasida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Qatardagi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia