Timur Turdiev: "Neftchi" ham uch yil deganda Superligaga chiqdi"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2021
Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Yangier" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev o'z fikrlarini bildirdi.

Og'ir o'yin bo'ldi, futbolda aytishadiku "sen urmasang, senga urishadi". Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo undan foydalana olmadik. Vaziyatdan gol ura olmaganimizdan keyin mag'lub bo'ldik. "Yangier"da bitta imkoniyat yaratadi va bitta gol uradi. To'xtab qolmaymiz, hayot davom etadi. Mavsum oxiri futbolchilarning organizmiga ham ta’sir qiladi", - deydi Timur Turdiev.

- Arislan Yusupbaev nima uchun maydonga tushmadi?

- Ayni paytda Yusupbaev Toshkentda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bo'lib turibdi.

- Bugungi o'yinga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi Boshlig'i Murat Qallibekovich Kamalov tashrif buyurdi va futbolchilar, siz bilan suhbatlashdi. Nimalar haqida gap bordi?

- Murat Qallibekovich bilan klubimiz rivojlanishi borasida gaplashdik. Ko'rib turibsiz O'zbekistonning bir necha karra chempioni bo'lgan "Neftchi" ham uch yil deganda Superligaga qaytdi. Bir yilda natijaga erishish qiyin, biz ham bosqichma-bosqich oldinga intilamiz.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia