Timur Kapadze Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Alisher Ostonov
18 sen 2025
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Xitoyning SoHu nashri terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir necha nomzodlarni tilga oldi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi ustozi Timur Kapadze ham bor. 

Shuningdek, ro'yxatda Jordi Vinyals ("Barselona B" sobiq ustozi), Karlos Osorio (Meksika terma jamoas sobiq ustozi), Fabio Kannavaro ("Guanchjou Evergrand" sobiq ustozi) va Shin Te Yong ("Ulsan Xyonde" ustozi) bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: SoHu