Pro liga. Timur Kapadze: "Ilk turda "Neftchi" bilan o'ynashimizning havotirli joyi yo'q"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2021
Ushbu mavsumda Pro liganing debyutanti hisoblangan Toshkentning "Olimpik" jamoasi ilk turda "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

Bevosita qur'a tashlash marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qur'a tashlash marosimi yaxshi saviyada tashkil etildi. Bu kunni hayajon bilan kutayotgan edik. Raqiblar, musobaqa formati, boshqa o'ylantirayotgan savollarga javob oldik. Birinchi turda engilroq raqib tushsin, degan niyat ham bor edi. Lekin mavsumni "Neftchi"ga qarshi mehmonda boshlaydigan bo'ldik. Fikrimcha, havotirga o'rin yo'q. Baribir keyingi turlarda to'qnash kelardik. Hozirgi tarkibimizdagi futbolchilarning aksariyati katta futbolda endi debyut qiladi. "Neftchi" kabi kuchli raqiblar bilan o'yinda ruhiy tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va kerakli natijani qo'lga kiritamiz, degan umiddaman ",- deydi Timur Kapadze.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia