"Arsenal" MLS klubi markaziy himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2022
"Kolorado Repids" klubi rasmiy sayti himoyachi Oston Trastini "Arsenal"ga sotganini e'lon qildi.

23 yoshli amerikalik 2022 yilning yozigacha "Repids"da o'ynaydi va shundan so'ng Angliya Premer-ligasi jamoasiga yo'l oladi.

Oston Trasti o'tgan mavsumda 34 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: coloradorapids.com