Tim Kexill o'zining xayrlashuv uchrashuvida 5 daqiqa to'p tepadi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2018, 17:50
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold yarim himoyachi Tim Kexillning xayrlashuv uchrashuvida futbolchiga ko'p o'yin vaqti bermoqchi emas.

Ertaga, 20 noyabr kuni avstraliyaliklar Livanga qarshi bahs o'tkazishadi, bu 38 yoshli futbolchi uchun milliy jamoadagi so'nggisi bo'ladi. Kexill terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida JCH-2018dan so'ng e'lon qilgan edi.

"O'yinning 85 daqiqasi natijaga qaratilgan bo'ladi. Biz uchun o'rtoqlik o'yini degan tushuncha yo'q. So'nggi besh daqiqani Timmiga bag'ishlash mumkin" - deydi Arnold.

Kexill 2004 yildan beri Avstraliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U hozirgacha milliy jamoa safida 107ta uchrashuvda maydonga tushib, 50ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U faoliyati davomida "Everton", "Milluoll", "Nyu-York Red Bullz", "Shanxay Shenxua", "Xanchjou Grintaun" va "Melbrun Siti" sharafini himoya qilgan. Ayni damda u Hindistonning "Jamshidpur" klubida to'p tepadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports