Tim Kexill butsalarini mixga iladi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2019
Hindistonning “Jamshedpur” klubi yarimhimoyachisi Tim Kexill joriy mavsum oxirida faoliyatiga yakun yasashi haqida e'lon qildi.

39 yoshli futbolchi Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U terma libosida 107ta uchrashuvda qatnashib, 50ta gol urgan. U faoliyati davomida Angliyaning – “Milluoll”, “Everton”; AQSHning -“Nyu-York Red Bullz”; Xitoyning – “Shanxay Shenxua”, “Xanchjou Grintaun”; Avstraliyaning – “Melburn Siti” klublari sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi so'nggi uchrashuvini Kexill o'tgan yilning noyabrida Livanga qarshi (3:0) o'tkazgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian