Tilemans uchun kurash qishda avjiga chiqadi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022
"Lester" a'zosi Yuri Tilemans yanvar oyida jamoasini almashtirishga yaqin turibdi.

Angliyaning "Arsenal" va Ispaniyaning "Barselona" klublari qiziqishlari tufayli Tilemans atrofidagi kurash ancha qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. 

25 yoshli yarim himoyachi yangi yilning birinchi oyida "King Pauer"dagi shartnomasining so'nggi olti oyligiga kiradi. Bu Premer-liga tashqarisidagi klublarga u bilan rasmiy shartnomadan avvalgi kelishuvga erishish imkonini beradi. 

Belgiyalik futbolchi ushbu mavsum ingliz klubi safida jami 17 ta o'yinda ishtirok etdi va 4 bor samaradorlik ("3+1") ko'rsatdi.

Avvalroq "Arsenal" Tilemans bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma'lum qilgan edi. Biroq ispan nashri ushbu bitimning amalga oshishiga Kataloniya klubi to'sqinlik qilishi mumkinligiga ishonmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es