Tiago Silva PSJ haqida: "Ramosning transferini tushuna olmadim. Bir xil yoshda unga 2 yillik shartnoma taklif qilishdi, menga esa yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2021, 13:43
PSJ sobiq himoyachisi Tiago Silva ispaniyalik futbolchi Serxio Ramosning Parij klubiga o'tgani borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men bo'lib o'tgan ishlar haqida juda ko'p o'yladim. Serxio Ramosga nisbatan hech qanday adovatim yo'q. Biroq PSJ Serxioga 2 yillik shartnoma taklif qilganida u o'tgan yili men nechchi yosh bo'lgan bo'lsam, xuddi shu yoshda edi. Men buni tushunolmadim. O'xshash vaziyatda ikki xil munosabat, bu meni qattiq xafa qildi.

Ramos haqida PSJ futbolchilarining hech biri bilan gaplashganimcha yo'q, ammo men klubdan xafa bo'ldim. Menga hech qanday taklif bildirishmadi. Menga xuddi klubga hech qanday foydasi tegmagan insondek munosabatda bo'lishdi. Ko'plab muxlislar, meni katta maosh olishni istagan deb o'ylashadi. "Chelsi" bilan ortiqcha muammo bo'lgani yo'q. Mening maoshim... Londonda PSJ"da olgan maoshimning yarmidan kamroq summa to'lashmoqda.

Shunchaki men ular oxirida ko'rsatgan munosabatidan ranjidim. Nimadir qilishsa bo'lardi-ku?! Men bu klubda 8 kun yoki 8 oy ham o'tkazmadim. Bu mehnat va g'alabalarga boy bo'lgan 8 yil edi", – deydi Silva ESPN"ga bergan intervyusida.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru