Tiago Silva: "Jorjino tirqish qoldirib, raqibga o'tib ketdi"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2023
Himoyachi Tiago Silva yarim himoyachi Jorjinoning "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"U asosiy raqiblarimizga o'tdi. Ammo bu futbol, shunaqa bo'lib turadi. U Angliyada qolmoqchi edi, oilasi shu yerda. Biz nazorat qila olmaydigan ishlar bor, ammo futbolchini ham tushinish kerak.

Biz ko'p ishlashimiz kerakligini tushunaman. Kiyinish xonasidagi yetakchilardan biri ketdi. U ko'p gapirardi, Jorjino ketganidan so'ng tirqish paydo bo'ldi. Olg'a yurish kerak. Bunday bo'lishini kutmagandik. Endi sifatli futbolchi bilan bu joyni yopish kerak" - deydi braziliyalik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN