Tiago Silva: "Bu safar ham "Chelsi" to'sig'idan o'tamiz"

PSJ himoyachisi Tiago Silva YCHL pley-off bosqichiga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'tgan mavsumdagi kabi bu safar ham "Chelsi" to'sig'idan o'tishga umid qilaman. Albatta, bu oson bo'lmaydi. Agarda maqsad musobaqa g'olibligini qo'lga kitirish bo'lsa, unda biz har qanday raqibni dog'da qoldirishimiz lozim. Bu mavsum o'tgan yilgidan ko'ra qiyinroq bo'ladi. "Chelsi" futbolchilari g'alaba uchun borlarini berib o'ynashadi. Bu aniq. Umid qilamanki, biz o'z maqsadimizga erishamiz", - deydi Silva.


Manba: sports.ru