Tiago Bezerra: "Maqsadimiz sari olg'a yurishda davom etamiz"

Narzulla Saydullayev
22 okt 2017
Buxorodagi bellashuvdan so'ng har ikki gol urilishida ishtirok etgan Tiago Bezerra uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi.

- Safardagi hech bir o'yin oson kechmayapti. "Buxoro" ham o'z maydonida jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qildi. Birinchi bo'limda to'pni nazorat qildik va bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Hisobni ochganimizdan keyin mezbonlar oldinga o'tishga intilishdi. Ikkinchi bo'limda ularda 2-3 imkoniyat bo'ldi, lekin ustunlik "Buxoro" tarafida bo'ldi deb aytish qiyin. O'yin oxirlarida endi biz tashabbusga ega chiqdik va yaratilgan vaziyatlardan birini samarali yakunlandik. Gol urishimda asosiy ishni Yaxshiboev bajardi. Jasur o'sha holatda ajoyib o'ynadi. Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

Oldinda bizni yanada jiddiy bellashuvlar kutmoqda. Mavsum yakunida maqsadimizga ega chiqish uchun borimizni ishga solyapmiz. Muhim o'yinlarga yaxshi tayyorlanishga urinamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz